Bo`limning asosiy vazifalari :
texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim standartlarini ishlab chiqishni tashkil qilish, takomillashtirish va joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
texnikumlar tuzilmalari va bo‘limlari ishlarini o‘quv-metodik jihatdan muvofiqlashtirishda taklif va tavsiyalar tayyorlash;
zamonaviy metodik ishlanmalar, progressiv ta’lim shakllarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samarali shakllari va usullarini texnikumlardagi ta’lim jarayoniga joriy etilishini monitoring qilish;
texnikumlarning kasbiy tayyorgarligini monitoring qilish, mavjud muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
soliq texnikumlari pedagog kadrlari ish samaradorligini oshirish maqsadida yuritiladigan o‘quv me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.