Kafedraning asosiy vazifalari:
ilmiy-metodik ishlar sohasida - o`quv jarayoniing ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o`quv uslubiy materiallar bilan ta'minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o`rgangan holda professor-o`qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta'lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta'lim texnalogiyalarini tashkil qilish;
ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida - mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa islohotlarning ustuvor vazifalari, ilg`or jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, zamonaviy fan rivojlanishining ustuvor yo`nalishlari bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini ta'minlash;
tashkiliy-metodik ishlar sohasida - ta'lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;
ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qaytatayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bog`liq ishlar sohasida - zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedogogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish bo`yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.