Institut quyidagi taʼlim turlari asosida o‘qitishni amalga oshiradi:
Bakalavriat – taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati uch yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy taʼlim bosqichi bo‘lib, kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki shakllarda amalga oshiriladi va uni tamomlaganlarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra bakalavr darajasi hamda davlat namunasidagi diplom beriladi;
1.Soliqlar va soliqqa tortish
2.Buxgalteriya hisobi va audit
3.Raqamli iqtisodiyot
4.Ma’lumotlar ilmi (Data Science)
5.Xalqaro soliqqa tortish
1.Soliqlar va soliqqa tortish
2.Buxgalteriya hisobi va audit
Magistratura – bakalavriat negizida muayyan mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati bir yildan kam bo‘lmagan oliy taʼlim bosqichi bo‘lib, uni tamomlaganlarga davlat namunasidagi diplom beriladi;
1. Xalqaro soliqqa tortish(СОП)
1.Soliq siyosati va ma’murchiligi
2.Buxgalteriya hisobi
Malaka oshirish – Davlat soliq qo‘mitasining buyurtmasi asosida davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslari;
Qayta tayyorlash – Davlat soliq qo‘mitasining buyurtmasi asosida davlat soliq xizmati organlariga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslari;
Ikkinchi taʼlim – Davlat soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan boshqa mutaxassislikka ega oliy maʼlumotli bo‘lgan xodimlarni shartnoma asosida bir yillik soliq va soliqqa tortish yo‘nalishida o‘qitish;
Pullik taʼlim xizmatlari – xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar buyurtmasi asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha shartnoma asosida tashkil etiladigan taʼlim xizmatlari.
Institut tuzilmasida Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universitetining fakulteti tashkil etilgan.
Institut huzurida Toshkent Farg‘ona va Buxoro soliq texnikumlari tashkil etilgan.
Institutning “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Buxgalteriya hisobi va audit” va “Raqamli iqtisodiyot” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bir yillik to‘lov kontrakti miqdori barcha taʼlim shakllari (kunduzgi va sirtqi) uchun bir xil, yaʼni 2021- 2022 o'quv yili uchun kontrakt summasi 23 million so‘m qilib belgilangan.
Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan xamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma taʼlim dasturi uchun to‘lov kontrakt miqdorlari quyidagicha:
“Xalqaro soliqqa tortish” bakalavriat taʼlim yo‘nalishida 2022- 2023 o'quv yuili uchun kontrakt summasi:
1-2-kurs Fiskal institutda (Toshkent) – 20,8 mln. so‘m;
3-4-kurs Moliya universitetida (Moskva) – 300 000 rubl.
“Xalqaro soliqni rejalashtirish” magistratura mutaxassisligida: 2022- 2023 o'quv yuili uchun kontrakt summasi 33 mln.so‘m Fiskal institutida (Toshkent); 350 000 rubl Moliya universitetida (Moskva).