Respublikamizning iqtisodiy salohiyati, soliq islohotlarning mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari doirasida xorij mamlakatlari tajribasidan foydalanish, xalqaro soliqqa tortish tizimini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
2022-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda “Xalqaro korxonalar foydasini soliqqa tortish, xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasidagi nazariy tamoyillar va zamonaviy islohotlar” mavzusida konferensiya tashkil qilindi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot moliya instituti ilmiy fanlar nomzodi N.Milogolov hamda Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali, Toshkent Iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti ilmiy tadqiqotchilari, aspirant, magistr va talabalar ishtirok etdi.
Ushbu tadbir davomida N.Milogolov ishtirokchilarni xalqaro korxonalar soliqqa tortish tarixi, ushbu sohada soliq ma’muriyatchiligining tamoyillari va Rossiyada transmilliy korxonalarni moliyaviy nazorat qilish masalasini zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirdi. Ma’ruzachi bu masalalarning dolzarbligi yildan-yilga ortib borayotganini va iqtisodiyotdagi jahon tendensiyalarining aksariyati O‘zbekistonga ham tegishli ekanini ta’kidladi.
Bunday uchrashuvlarni o‘tkazish boshqa mamlakatlar tajribasi bilan batafsilroq tanishish, zarurat tug‘ilganda soliqqa tortishning ayrim yo‘nalishlarini tashkil etishda ushbu ko‘nikmalarni joriy etish imkonini berishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbir yakunida moderator ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...