Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tendensiyalar, istiqbollar va rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida respublika konferensiya oʻtkaziladi.
KONFERENSIYADA KOʻRILADIGAN MASALALAR:
1. Oʻzbekistonda fiskal barqarorlikni taʼminlashda soliq maʼmurchiligining dolzarb vazifalari va ularni amalga oshirishning metodologik asoslari.
2. Fiskal barqarorlikni taʼminlashda buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb masalalari.
3. Soliq organlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish: muammo va yechimlar.
Konferensiya tili: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Konferensiya qatnashchilari: konferensiyada professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. Konferensiya materiallari chop etiladi va konferensiyaga ishtirok etgan mualliflarga elektron nusxasi yuboriladi.
Maʼruza matnlarini rasmiylashtirish boʻyicha talablar:
Muddat: tezislar 2024-yilning 10-martga qadar qabul qilinadi va konferensiyaga qadar chop etiladi.
Eslatma: tezislar konferensiyaning qaysi yoʻnalishga moʻljallanganligi aniq koʻrsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega boʻlmagan va kechikib topshirilgan ishlar konferensiya materiallariga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Bogʻlanish uchun telefonlar:
E-mail: Sodiq.Boymurotov@soliq.uz
Telegramda +99890 320 38 43: Boymurotov Sodiq Rozziqovich
E-mail: ffayziev84@gmail.com
Telegramda +99891 418 03 80: Fayziyev Farrux Abdullaxoʻjayevich
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...