Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy ettirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari muhim o‘rin tutadi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlarni e’tirof etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi.
2022-yil 13-may kuni O‘zbekiton Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda O‘zbekiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-martdagi 101-F sonli farmoyishiga asosan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobining muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tashkilotchilar: O‘zbekiton Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiton Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya Universiteti.
Konferensiyaning maqsadi: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida soliqqa tortish, buxgalteriya hisobining muammolarini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ularning yechimi bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa hamda takliflar berish.
Konferensiyaga 140 dan ortiq maqolalarning tezislari kelib tushdi. Tezislar Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya Universiteti, Rossiya kooperatsiya Universiteti (Rossiyskiy Universitet kooperatsii), G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti (REU im. G.V. Plexanova), Toshkent yuridik universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika instituti va boshqa OTM professor-o‘qituvchilari tomonidan yuborilgan.
Konferensiyaning yalpi majlisida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobining muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...