Fiskal institutga qabul jarayoni bilan bog‘liq soliq tizimida ishlovchi xodimlar uchun qo‘shimcha
MA’LUMOTLAR
1. DSQ tizimidagi Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlarining davlat soliq xizmati organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan bitiruvchilari (kollejda tamomlagan mutaxassisligi va yilidan qat’iy nazar):
- Institutning “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2021-2022 o‘quv yilida ta’limning sirtqi shakli bo‘yicha, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab esa ta’limning kunduzgi va sirtqi shakllari bo‘yicha ikkinchi kursdan boshlab o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin;
- ikkinchi kursdan boshlab o‘qishga qabul Fiskal institutda tashkil qilingan komissiya tomonidan test va (yoki) suhbat orqali amalga oshiriladi;
- ikkinchi kursdan boshlab o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar Fiskal institutga yoki boshqa oliy ta’lim muassasasiga umumiy tartibda DTM orqali ta’limning kunduzgi va sirtqi shakllariga kirish uchun ham hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
- kunduzgi ta’lim shaklida, shuningdek, “Buxgalteriya hisobi va audit” (kunduzgi va sirtqi) hamda “Raqamli iqtisodiyot” (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish istagi bo‘lgan abituriyentlar umumiy tartibda DTM orqali hujjat topshirishlari va kirish sinovlari natijasiga ko‘ra Institutda 1-kursdan o‘qishlari mumkin.
2. Shuningdek, Institut talabalari uchun tabaqalashtirilgan va yurtimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalariga nisbatan oshirilgan stipendiyalar tayinlanadi. Xususan, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun stipendiyaning eng kam miqdori 600 ming so‘mdan belgilandi.
Fiskal institut talabalari uchun yana bir muhim yangilik – kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kirish imtihonlarida eng yaxshi natija qayd etgan
50 nafar talabalarga Davlat soliq qo‘mitasi raisining 1 million so‘m miqdoridagi maxsus stipendiyasi tayinlanadi.
3. Talabalar barcha qulayliklarga ega Talabalar turar joyi bilan bepul ta’minlanadi.
4. Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikdagi (kunduzgi) o‘quv dasturlari bo‘yicha:
- o‘rta-maxsus ma’lumotga hamda nomutaxassis oliy ma’lumotga ega xodimlar “Xalqaro soliqqa tortish va bojxona faoliyatini tartibga solish” kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (1-2-kurs Toshkentda – to‘lov-kontrakt summasi bir o‘quv yiliga – 28 mln. so‘m, 3-4-kurs Moskvada – to‘lov-kontrakt summasi bir o‘quv yiliga – 350 000 rubl);
- turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega xodimlar esa “Xalqaro soliqni rejalashtirish” magistratura mutaxassisligida o‘qish uchun Institutga hujjat topshirishlari mumkin.
5. DSQ tizimidagi Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlarining davlat soliq xizmati organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan bitiruvchilari (2-kursga o‘qishga qabul qilinuvchilar) hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma o‘quv dasturida (bakalavriat va magistratura bo‘yicha) tahsil olish istagini bildirganlar hujjatlarini http://fiin.uz/apply sayti orqali onlayn topshiradilar.
Barcha qo‘shimcha ma’lumotlar : http:www.fiin.uz saytida.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...