Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Fiskal institut yangi o'quv yilidan talabalarni qabul qiladi.
Fiskal Institut O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzurida fiskal institutni tashkil etish to'g'risida"gi PQ-4879-son qaroriga muvofiq o'zini o'zi moliyalashtirish shaklidagi davlat oliy ta'lim muassasasi sifatida tashkil etilgan.
Institutga qabul parametrlari belgilangan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar bo'yicha bakalavr va magistrlarga bo'lgan ehtiyojni hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida tahlil qilish asosida Davlat soliq qo'mitasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Institutga qabul belgilangan tartibda barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshiriladi.
Institutga xorijiy fuqarolarni qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi.
Fiskal institut va bakalavriat dasturlariga qabul 2021/2022 o'quv yilidan boshlanadi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...