Butun hayoti va faoliyatini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlaydigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, fidoiyligi yuksak eʼtirofga munosib.
Chindan ham, dunyo miqyosida raqobat yanada kuchayib borayotgan o‘ta murakkab bir davrda farzandlarimizni kelajakka tayyorlab, sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish taʼlim-tarbiya sohasi, o‘qituvchi mehnatining tub mohiyatini tashkil etadi.
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda “Sizdan boshlanadi asli tafakkur“ mavzusida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirning ham asl maqsadi taʼlim-tarbiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ustoz va murabbiylarning namunali hayot yo‘li yosh avlodga ibrat qilib ko‘rsatilishi bilan bir qatorda, kasb bayrami munosabati bilan ustoz va murabbiylarnig fidoyi mehnatlari rag‘batlantirildi.
Mazkur tadbirda institutning o‘qituvchi va murabbiylari, talaba-yoshlari hamda “Cho‘pon ota” mahallasida istiqomat qilayotgan faxriylar, yoshlar va xotin-qizlar keng ko‘lamda jalb etildi.
Fiskal institut strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori K.Yusupov, Soliq qo‘mitasi rais maslahatchisi G.Muqaddasovalar o‘z so‘zlarida fidoyi ustoz va murabbiylarning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotganini alohida taʼkidlab o‘tdilar.
Tadbirda yosh avlodga ilm berish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan ustoz va murabbiylar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va "Fiskal institut jamoa aʼlochisi" esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...