Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jinoyatni aniqlash, uning negizini topish, huquqbuzarliklarning oldini olish, uni jilovlash mutasaddilarning eng asosiy vazifasidir. Jinoyatchiga jazo berishdan ko‘ra, uning oldini olish afzal.
Yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan radikallashuv, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil qilish bo‘yicha Fiskal institut talabalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik D.Mirsadikov ishtirok etdi. Ma’ruzachi talaba-yoshlarni ogohlikka va xushyorlikka chaqirib, jinoyatchilik oqibatlarini hayotiy misollar orqali tavfsiflab o’tdi.
Tadbir mehmoni tomonidan ta’kidlanganidek, quvonarli tomoni shu vaqtga qadar Fiskal institut talabalari orasida jinoyatchilik holatlari qayd etilmagan.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...