Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yoʻnalishi sifatida belgilangan. Bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xotin-qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni oʻrganishlari, bandligini ta’minlash, olima qizlarni qoʻllab-quvvatlash, talaba qizlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda “Insonga eʻtibor va sifatli taʻlim yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Fiskal institutda “XXI asr ayoli” festivali doirasida “Ilmli ayol-jamiyat koʻzgusi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Uchtepa tuman hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Maktuba Kabulova hamda “Umrboqiy meros” Oʻzbekiston Madaniyati va san’ati targʻibot Markazi direktor oʻrinbosari, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Navoiyshunos olima Ziyoda Gʻaforovalar bilan “Bitta qiz bolani oʻqitsangiz - butun oilani oʻqitgan boʻlasiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida ishtirokchilar oʻzlarining bugungi kunga qadar erishgan yutuqlari, ota-onalarining qoʻllab-quvvatlashlari sabab olima ayol boʻlguniga qadar bosib oʻtgan yoʻllari haqida gapirib oʻtdilar. Talaba-qizlar ushbu uchrashuvdan katta taassurotlarga ega boʻlib, oʻz oldilariga kelajakda yuqori marralarni zabt etuvchi ilmli ayol boʻlishni maqsad qilib qoʻydilar.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...