Maʼlumki, yurtimizda samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli maʼmuriy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Soliq organlari xodimlariga soliq qonunchiligi va maʼmuriyatchiligidagi hamda soliq tizimida mavjud dasturiy mahsullar va axborot tizimlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida va yuqori saviyada yetkazishda kasbiy mahoratni oshirish kurslari katta ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda soliq ma’muriyatchiligi islohotlariga mos ravishda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, kasbiy salohiyatni oshirish jarayonini tashkil etishda ishtirok etadigan pedagoglar va xodimlarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish kurslarida o‘qishlar tashkil etilmoqda. Bu esa xorijiy mamlakatlardagi ilg‘or tajribalarni yurtimizda tadbiq etish imkonini beradi.
Shunday tadbirlardan biri sifatida Rossiya Federal Soliq xizmatining Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti (FNS LAB - Neva)ga 14-19 avgust kunlari Soliq qo‘mitasi va uning huzuridagi Fiskal institut masʼullaridan iborat delegatsiya tashrifi amalga oshirilmoqda.
Ushbu amaliy tashrifning dastlabki kunida Rossiya Federal Soliq xizmatining Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti rektori S.B.Murashov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Rossiya Federal Soliq xizmatining Kasbiy rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i S.I.Tokarev, Soliq ma’muriyatchiligining kasbiy kompetensiyalari departamenti boshlig‘i T.N.Rikun, Boshqaruv va shaxsiy kompetensiyalar departamenti boshlig‘i N.S.Borovskaya, Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori O.G.Poskochinovalarning tegishli yo‘nalishlardagi taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Rossiya Federal soliq xizmati Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan soliq xizmati organlarining kasb mahoratini oshirish bo‘yicha batafsil maʼlumot berilib, institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Delegatsiya tashrifi 19-avgustga qadar davom etadi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...