Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Fiskal institutda Soliqlar va soliqqa tortish hamda Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida "Siz yangi qonunni bilasizmi?" mavzusida huquqiy savodxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kasb mahoratini oshirish bo‘yicha prorektori F.Tillayev ochib berib, har ikkala jamoaga ilm olish yo‘lida yanada shaxdam qadamlar bilan odimlashni ta'kidlab, musobaqa oldidan muvaffaqiyatlar tiladi.
Viktorina savollari ko‘rinishida tashkil etilgan musobaqada talaba-qizlar o‘zlarining huquqiy bilimlarini namoyish etib o‘zaro bellashdilar va tadbir yakunida 1-o‘rinni "Soliqchi qizlar", 2-o‘rinni "Diamond" jamoalari egalladilar. Tadbir yakunida ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Butun hayoti va faoliyatini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlaydigan o‘qituvchi va murab...
Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masala...
UCHTEPA TUMANI IIO FMB 4-SONLI IIB HPB PROFILAKTIKA KATTA INSPEKTORI KAPITAN EGAMBERDIYEV MUHAMMA...