Fiskal institutda 18-20 may kunlari bo‘lib o‘tgan "Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasida "Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Ushbu konferensiyada iqtisodiyot sohasiga oid qator masalalar ko‘rib o‘tildi. Jumladan:
Iqtisodiyotni raqamlashish sharoitida soliq ma'murchiligi: tendensiyalar, istiqbollar, rivojlanish ustuvorliklari;
Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb masalalari;
Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy sohalarni rivojlantirishda matematik uslublar va ma'lumotlar ilmi;
Raqamli texnologiyalar davrida gumanitar fanlar va chet tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari.
Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida tashkil etilgan bo‘lib, bunda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari D.Sultonov, Soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosari J.Abdiyev, Rossiya Federal soliq xizmati rais o‘rinbosari Y.Shepeleva hamda MDH mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning ilm olishga bo‘lga...
Xabaringiz bor, Fiskal institut hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya...
Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirish, yoshlarning o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo...