Joriy yilning 18-20 may kunlari Fiskal institutda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan "Toshkent xalqaro soliq haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro soliqqa tortish bo‘yicha "TaxinTashkent 2023" tanlovida ishtirok etish uchun Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalaridan mutaxassis va talabalar Fiskal institutga tashrif buyurdilar.
Tanlovning ochilish marosimida Fiskal institut Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori K.Yusupov so‘zga chiqib tanlov haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tdi. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi "Xalqaro soliq munosabatlari" boshqarmasi boshlig‘i U.Azizov tanlov ishtirokchilariga omad va zafarlar tilab qoldi.
Rossiya Federal soliq xizmati "Transfert narxlari" boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Smotritskaya ham tadbirda so‘zga chiqib xalqaro tanlovning uchinchi yil o‘tkazib kelinayotgani va yil sayin ishtirokchilar saviyasi ortib borayotganini faxr bilan so‘zlab tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasida "TaxinTashkent 2023" tanlovining ochilish marosimida Fiskal institut qo‘shma ta'lim dasturi hamkorlari - Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti "Soliq, audit va biznes analiz" fakulteti dekan o‘rinbosari V.Machexin so‘zga chiqib, yoshlarning kelgusi ishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qoldi.
Shuningdek, universitet vakillari M.Pinskaya hamda L.Grundel tadbirda so‘z olib Moliya universiteti va Fiskal institut o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanib borishini ta'kidlab, tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilab qoldilar.
Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning ilm olishga bo‘lga...
Xabaringiz bor, Fiskal institut hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya...
Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirish, yoshlarning o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo...