Hozirgi davrda xorijiy tillarni o‘rganish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Albatta, chet tillarini o‘rganish natijasida inonning kommunikativ imkoniyatlari kengayib, film va kitoblarni original tilida ko‘rish, o‘qishi mumkinligidan boxabarsiz. Xorijiy tilni o‘rganish mohiyati - boshqa odamlar bilan muloqotdan iborat. Shu sababli ham boshqa tillarni o‘rganayotgan insonlar kirishimli va muloqotchan bo‘lib boradilar.
Yoshlarda ayniqsa, nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida chet tillarini rivojlantirish maqsadida Fiskal institut va Bojxona instituti o‘rtasida "The role of English in my future career" nomli tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa 3 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-shart tanishtiruv, 2-shart talabalarning yo‘nalishlari bo‘yicha savol-javob, 3-shart esa erkin mavzuda ijtimoiy rolik tayyorlash edi.
Tanlovda Fiskal institut talabalari VAT - Victory Achieved by Tolerance nomi ostida ishtirok etdilar. Musobaqa davomida o‘z iqtidori va zukkoligini namoyish etgan talabalar tanlov yakuniga ko‘ra "Eng kreativ va faol jamoa" nominatsiyasini qo‘lga kiritdilar.
Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning ilm olishga bo‘lga...
Xabaringiz bor, Fiskal institut hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya...
Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirish, yoshlarning o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo...