So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlar masalasi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berib, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun-hujjatlari bilan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari Nazokat Tojiyeva hamda Laylo Xazratqulovalar ishtirokida "Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish: Oilada, jamiyatda va davlat idoralarida" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar mamlakatimiz rivojida, jamiyat hayotida, oilalar mustahkamligida xotin-qizlarning oʻrni va ahamiyati katta ekanligi, yurtimiz aholisining 50 foizini tashkil etadigan xotin-qizlar jamiyatning barcha sohalarida samarali faoliyat yuritib kelayotganini ta'kidlab o‘tdilar. Tadbir so‘nggida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlar tomonidan tegishli javoblarni oldilar.
Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning ilm olishga bo‘lga...
Xabaringiz bor, Fiskal institut hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya...
Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirish, yoshlarning o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo...