Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4-noyabrdagi PQ-4879-sonli qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etilgan bo‘lib, mazkur qarorda Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan Institut tuzilmasida mazkur universitetning bo‘linmasini (fakultetini) tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti - bu Rossiya Federatsiyasining TOP-10 universitetlari qatoriga kiritilgan yetakchi davlat universitetlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Universitetning asosiy yutuqlaridan biri - bu universitet bitiruvchilariga bo`lgan talab. Ayni paytda, Moliya universiteti ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Forbes reytingida birinchi o‘rinda turadi. Universitet 700 dan ortiq Rossiya va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va bitiruvchilarga ish topishda yordam beradi.
Moliya universiteti maqomi - bu ta'limning yuqori sifati, eng ommabop yo‘nalishdagi dasturlarning keng doirasi, professor-o‘qituvchilar tarkibining yuqori darajasi, eng muvaffaqiyatli kompaniyalarda amaliyot va bir vaqtning o‘zida xalqaro dasturlarda o‘qish imkoniyati kafolati hisoblanadi.
Ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti Soliq, audit va biznesni tahlil qilish fakulteti dekani, iqtisod fanlari doktori, professor Zasko Vadim Nikolayevich quyidagilarga to`xtaldi: “Samarali va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalarimiz katta, ta'lim dasturlaridan tashqari, o‘zaro tajriba va ma'lumotlar almashadigan qo‘shma tadbirlar, forumlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlarini o‘tkazish, talabalar, tadbirkorlar va professionallar uchun qo‘shma darsliklar yozish ham rejalashtirilgan.
Ko‘pgina mamlakatlar bilan ta'lim dasturlarini amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilib kelayotgan Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Rossiya Moliya universiteti hozirda O‘zbekistonda.
Xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy yaqin qardoshlik munosabatlarini hisobga olsak, bu biz uchun ayniqsa yoqimli. Universitetimizda O‘zbekiston yoshlarini intiqlik bilan kutmoqdamiz !!! ... "
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...