Ma'lumki, yurtimizda soliq tizimini yangi bosqichga ko'tarish va soliq mamuriyatchiligini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Soliq organlari xodimlariga sohada transformatsiya jarayoniga oid malaka oshirish kurslarida soliq qonunchiligi va ma'muriyatchiligidagi hamda soliq tizimida mavjud dasturiy mahsullar va axborot tizimlaridagi o'zgarishlarni yuqori saviyada yetkazishda ta'lim sifati katta ahamiyat kasb etadi. Qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, o'quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi ilg'or tajribalarni o'rganishlarini ta'minlash, kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, Institut bir qator pedagog xodimlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida qisqa muddatli malaka oshirish kursida o'qishdi.
O'quv kursida "Kattalarni o'qitish (andragogiga) modeli", "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish", "Pedagogning kasbiy professionalligini oshirish", "Ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish" kabi mavzularda hamda ixtisoslikka oid mavzularda dars mashg'ulotlari o'tkazildi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...