Xotin - qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratish, shuningdek huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to'g'risida rezolyutsiyada 11 fevral – "Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Respublika va Toshkent shahar Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Uchtepa tumani bo'linmasi, Fiskal intituti bilan hamkorlikda "Olima ayollar-e'tiborda" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda falsafa fanlari doktori, “Shuhrat medali” sohibasi Jamila Shermuhamedova o'z maruzasi bilan ishtirok etdi. “Olima ayollarimizning safi kengayib borayotgani, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalari, innovatsion g'oyalari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati ta'lim va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli hissa qo'shayotgani mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan yuksak e'tibor, yaratilgan shart-sharoit hamda keng imkoniyatlar samarasi ekanligi takidlab o’tildi.
Fiskal institut Xotin-qizlarining innovatsion g'oyalarini, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashning amaliy natijalariga erish uchun xorijiy nufuzli ilmiy markazlar va universitetlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish, shuningdek, startap loyihalar tanlovlarida, xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborilayotgan yosh olimlar orasida ham Fiskal instut xotin-qizlari sonini ko'paytirish bo'yicha rejalar tuzildi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...