Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy, shoh va shoir, yor va diyor kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan Fiskal institut talabalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga O‘zbekiston Yoshlar uyushmasi a’zosi, shoira - Munira Ramazonova, Filologiya fanlari doktori – Xulkar Hamroyeva, shoira – Zamira Razzoqova tashrif buyurishdi
Tadbirda atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishi, ulug‘ shoirlar o‘zining she’riy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallaganligi e’tirof etildi.
Tadbirda talaba yoshlar tomonidan Buyuk shoirlarning ruboiylari, she’r va g‘azallari o‘qildi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...