Joriy yilning 29-31-mart kunlari Farg‘ona soliq texnikumining 2-bosqich o‘quvchilarini Fiskal institutda amalga oshirilayotgan ishlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, so‘nggi yillarda Toshkent shahrida amalga oshirilgan keng bunyodkorlik ishlarini ko‘rsatish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish hamda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqlarini kengaytirish maqsadida sayohat tashkil etildi.
Institut talabalarining o‘quv jarayoni va dars mashg‘ulotlaridan so‘ng vaqtlarini sermazmun o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha ma’umotlar berilib, o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shuningdek, o‘quvchilar institutning axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar. Axborot-resurs markazidagi mavjud mutaxassislik fanlar va badiiy adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishdilar.
Oliy ta’lim muassasida dars mashg‘ulotlarini o‘tilish tartibini kuzatish maqsadida “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Kabirovning dars mashg‘ulotida o‘quvchilar kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etdilar. Texnikum o‘quvchilari institutning yangi o‘quv binosi va dars jarayonlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...