Yurtimizda xalqimiz kelajagini yanada farovon qilish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri so‘zsiz Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlardir. Konstitutsiyaviy islohotlarning bosh maqsadi inson qadri, xalq manfaatlarini amalda ta'minlashdan iborat.
Fiskal institut talabalariga ushbu islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida qator mutaxassislar ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmonlari o‘z mutaxassisliklaridan kelib chiqib Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilayotgan moddalar haqida ma'lumot berib o‘tdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchulik palatasi deputati, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Axmedov Durbek Qudratillayevich konstitutsiyaviy islohotlar va ularning jamiyat, yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti rektori Turobjonov Sadriddin Mahamadinovich o‘z nutqida jamiyatimiz rivojlanishining asosiy ustunlaridan biri ta'lim ekanligini ta'kidlab o‘tdi: "Kelajagimiz yoshlar qo‘lida! Bizning oldimizda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar, qator muammolar mavjud. Men ularning yechimini ta'limda, ilm-u ma'rifatda ko‘raman".
Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlari Isakova Gulchehra Anvarovna, Xamidov Ulug'bek Xoliqovich, Uchtepa tumani kengashi deputatlari Imanov Sobitjon Xudoynazarovich, Ilxom Xamroevlar so‘zga chiqib, konstitutsiyadagi iqtisodiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot berib o‘tdilar.
Seminar-trening so‘ngida yoshlar 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlarini bildirib, tengdoshlarini ham taqdiriga befarq bo‘lmaslikka chorlashlarini ta'kidlab o‘tdilar.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...