Soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish masalalari
Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti tomonidan 2021 yil 25 may kuni o‘tkazilgan «Iqtisodiyot va soliqlar. “Raqamlardan” sunʼiy intellekt sari» mavzusidagi Xalqaro soliq forumi yalpi majlisida soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sh.D.Kudbiyev Xalqaro soliq forumi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi: Raqamli kelajak va hozirgi holat» mavzusida ishtirok etib, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan axborot texnologiyalarini modernizatsiya qilish asosida soliq maʼmuriyatchiligi tizimini takomillashtirish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelajakda belgilangan vazifalarni yoritib berdi.
Xalqaro soliq forumi doirasida o‘tkazilgan “Soliq tizimining raqamli kelajagi” yuzasidan universitetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan munozaralarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning birinchi prorektori Q.Yusupov hamda Kasbiy taʼlim va kasb mahoratini oshirish bo‘yicha prorektor Z.Ergashevlar ishtirok etib, bu borada fikr almashishdi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...