Mamlakatimiz yanada taraqqiyot topishi uchun rivojlangan davlatlar bilan tajriba almashib, amaliyotda qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Ma'lumki, soliq tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Fiskal institutning asosiy maqsadi talabalarning tahlil, analitik fikrlab, to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishidir. Zero, kelajak - yoshlar qo‘lida.
Fiskal institutda talabalar uchun xorijning soliq, moliya va iqtisodiyot sohalaridagi eng ilg‘or mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar, mahorat darslari tashkil qilib kelinmoqda.
Joriy yilning 26-yanvar kuni Fiskal institutda “Qazib olish sanoati uchun soliq tartibi” mavzusida chet ellik mehmon Jan-Fransua Ven ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda mutaxassis Tog'-kon va neft uchun ishlatiladigan soliq vositalari ko‘pligi ya’ni Royalti, Korporativ daromad solig‘i, Resurslar ijarasidan olinadigan soliqlar yoki ortiqcha foydadan olinadigan soliqlar, Mahsulot taqsimoti bo'yicha shartnomalar, Davlat aksiyalarida ishtirok etish to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassisi tomonidan tegishli javoblarni oldilar.
Jan-Fransua Ven institut bilan tanishib, "Faxriy mehmonlar" kitobida o‘zining institut haqidagi iliq fikrlarini qoldirdi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...