Farg‘ona soliq texnikumida Fiskal institut bilan hamkorlikda "Professional ta'lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlash, ta'lim sifatini oshirish hamda innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishning samarali mexanizmlari" mavzusida ilmiy amaliy - konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada:
Professional ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘qitish sifatini talab darajasiga olib chiqish: muammolar va yechimlar;
Professional ta'lim tizimida o‘qitish materiallari to‘plamini tayyorlash va ulardan samarali foydalanish: joriy holat, foydalanishning samarali usullari;
Professional ta’lim tizimi hamda Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida integratsiya jarayonlari mavzularida ilmiy maqola va tezislar tayyorlanib, muammolarni yechimlari bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
Konferensiyada Fiskal institut, Buxoro va Toshkent soliq texnikumlari, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta‘limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining professor-o‘qituvchiari o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...