Mamlakatimiz jadal rivojlanib borayotgan bir vaqtda soliq tizimidagi soʻnggi yangiliklarni oʻrganib, ularni tahlil qilib borish boʻlajak soliqchilar boʻlmish Fiskal institut talabalari uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Soliq tizimida olib borilayotgan yangi islohotlar Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut talabalariga qisqa fursatda DSQ rahbariyati tomonidan mahorat darslari orqali yetkizilmoqda.
Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati doimiy ravishda institutimiz talabalari bilan oʻz bilim va tajribalarini boʻlishish maqsadida har hafta mahorat darslarini oʻtib kelmoqda.
Bunda talabalar toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori turuvchi organ vakillaridan kerakli koʻnikmalarni egallab, oʻz bilimlarini yanada oshirib kelmoqdalar.
Joriy yilning 23-dekabr kuni Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mirziyod Mirvaxidovich Maxkamov tomonidan Fiskal institut talabalari shuningdek, Toshkent soliq texnikumi oʻquvchilariga "Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya va sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy holatlarni oldini olish choralari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Ma'ruza davomida talabalar Davlat soliq qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, soliq organlari xodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda xodimlarni odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitishni tashkil etish masalalari haqidagi bilimlarni egalladilar.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...