Ta'lim - har qanday jamiyatning yuragi, rivojlanish garovidir desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda ko'plab rivojlangan davlatlarning muvaffaqiyat sababi odamlarga berilayotgan ta'lim sifatiga bog‘liqdir. Sifatli ma'lumotga ega bo‘lgan odamlar jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘sishi va rivojlanishiga olib keladigan islohotlarni amalga oshirish orqali jamiyatni yaxshilashga qodir.
Ta’lim sifatini oshirish uchun eng muhim masala bu zamonaviy fikrlaydigan, o‘z ustida doim ishlaydigan, fidoiy o‘qituvchilarni tayyorlashdir. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda ham doimiy ravishda o‘z ustida ishlab, ta'lim tizimidagi so‘nggi - zamonaviy metodikalarni o‘rganib, amaliyotga tadbiq etuvchi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.
Kuni kecha Fiskal institut mustaqil izlanuvchisi Nurilla Baxromovichning "Soliq qarzdorligini bartaraf etish mexanizmini takomillashtirish" mavzusidagi 08.00.07 - "Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Nurilla Baxromovichga qisqa fursatlarda iqtisodiyot fanlari doktori unvonini egallab, institutimiz ta'lim tizimi rivojlanishida o‘z hissalarini qo‘shishni tilab qolamiz. Shuningdek, mustaqil izlanuvchining ilmiy rahbari - iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ziyat Niyazovichga kelajakda ham ko‘plab shogirdlar yetishtirib, ularga o‘z bilim va ko‘nikmalarini yetkazishda omad va zafarlar tilaymiz!
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...