Korrupsiya - siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy havfli hodisa bo‘lib, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga hilof ravishda egallashiga imkon berishdir. Korrupsiya natijasi bo‘lgan poraxo‘rlik esa davlatni ich-ichidan yemiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda "Biz korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida o‘tkazilgan tadbir davomida korrupsiyaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy zararlari, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari va mexanizmlari, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati, asosiy prinsiplari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbirga taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi agentligi mas'ul xodimi Ravshan Yuldashev korrupsiyaga qarshi kurashishda jahon tajribasi haqida gapirar ekan, mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan murosasiz kurash, uning natijalari haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...