"Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning maʼnaviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining maʼnaviy saviyasi belgilaydi."
Shavkat Mirziyoyev
Xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish va oiladagi zoʻravonlikni oldini olish bugungi kunda jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Fiskal institutda "Biz zoʻravonlikka qarshimiz" shiori ostida Uchtepa tumani IIO FMB XKMB katta inspektori mayor Gulchexra Tursunovna hamda Oila va Xotin-qizlar Davlat qoʻmitasi huzuridagi "Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish" Respublika markazi, Toshkent shahar hududiy boʻlimi psixologi Umida Usmanovna ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir zoʻravonlikka qarshi maʼruzalar, "Zoʻravonliksiz oila farovon hayot sari!" psixologik-trening mashgʻuloti hamda ijtimoiy roliklar bilan qiziqarli tarzda tashkil etildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...