Bugun yurtimizda yana bir ajoyib bayram – 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda. 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan bosh qomusimiz eng avvalo barchamizga O‘zbekiston ozodligining shahodati sifatida qadrlidir.
Konstitutsiyamiz shukuhi kezib yurgan shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda ham qizg‘in nishonlandi.
"Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirni institut yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar va kasb mahoratini oshirish bo‘yicha prorektori Firdavs Tillayev ochib berib, inson va jamiyat hayotida konstitutsiyamizning o‘rni shuningdek, hozirgi rivojlanishlardagi ahamiyatini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Bayram tadbirida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Eshmuxammad Qodirov, Uchtepa Axborot kutubxona markazi xodimi Shoxista Karimova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakili Shoxrux Qo‘chqorov o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalarga konstitutsiyaga oid bilimlar bilan birgalikda turli viktorina savollari ham berildi. Shuningdek talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...