8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut hamda institut huzuridagi soliq texnikumlarining rahbar va professor-oʻqituvchilari "Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Taqdirlanganlar:
Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich – Fiskal institut prorektori, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Hotamov Komil Rabbimovich – “Buxgalteriya va iqtisodiyot” fakulteti dekani, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Rustamova Shoira Ishniyazovna – Toshkent soliq texnikumi ishlab chiqarish ta'limi ustasi.
Xotamov Umidjon Ismatullayevich – Buxoro soliq texnikumi oʻqituvchisi.
Safarov Radjabboy Eshmuhammadovich – Fargʻona soliq texnikumi oʻqituvchisi.
Esdalik nishoni va yuksak e'tirof sohiblarini institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uch...
Olimpida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda MDH, BRICS...