Bugungi kunda muqaddas Islom dinimizning insonparvarlik gʼoyalarini targʼib etish, “Jaholatga qarshi maʼrifat!” tamoyili asosida unib-oʼsib kelayotgan yoshlarni sogʼlom eʼtiqod ruhida tarbiyalash yanada dorlzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Oʼzbekiston kinomatografiya agentligi binosida “Jaholatga qarshi maʼrifat!” mavzusida oʼtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Fiskal institutning 20 nafar professor-oʼqituvchilari hamda 650 nafardan ziyod talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbirni Oʼzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmita raisining matbuot kotibi-Аxborot siyosati masalalari boʼyicha maslahatchisi Marupov Ilxom olib bordi.
Mazkur tadbir doirasida namoyish etilgan “Jar yoqasida” va "Soxta daʼvolar" videofilmlari talabalarning giyohvandlik, mutaassiblik va terrorning qanchalik xatar va xavf manbai ekanligi toʼgʼrisidagi tasavvurlarini aniq shakllantirishga yordam berdi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...