Fiskal institut soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi ekanligi barobarida, moliyaviy nazorat, buxgalteriya hisobi va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Fiskal institutga talaballikka qabul hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
o‘quv jarayonida o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, shu jumladan pedagogik va axborot texnologiyalarini, masofaviy ta’limni, o‘qitish va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarni keng joriy etish, talaba, tinglovchi va pedagog xodimlarning global axborot-huquqiy hamda ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Institutga qabul parametrlari belgilangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr va magistrlarga bo‘lgan ehtiyojni hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida tahlil qilish asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Institutga xorijiy fuqarolarni qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi.
Fiskal institut 2021/2022 o‘quv yilida ta’limning quyidagi bakalavriat yo‘nalishlarida talabalikka qabul qiladi:
Soliq va soliqqa tortish;
Buxgalteriya hisobi va audit;
Raqamli iqtisodiyot.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikda bakalavriat bo‘yicha 4 yillik kunduzgi ta’lim dasturlari va magistratura bo‘yicha 2 yillik kunduzgi ta’lim dasturlari asosidi kadrlar tayyorlanadi.
Ta’lim kunduzgi va sirtqi shakllarda, kredit-modulь tizimi asosida tashkil etiladi va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
O‘qish muddatlari:
- kunduzgi ta’lim shakli uchun 4 yil;
- sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil.
Kirish imtihonlari iqtisodiy ta’lim blokidagi fanlardan tashkil topadi.
Talabalar uchun quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Huzuridagi fiskal institut
Tel: 71 2755692
Tel: 71 2740300
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...