Joriy yilning 5-sentabr kuni “Gumanitar fanlar va chet tillari kafedrasi dotsenti F.Tolipov tomonidan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Fiskal institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Mustaqillik darsi davomida, istiqlolimizning 31 yilligini munosib kutib olish va yuqori saviyada nishonlash doirasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi. Yurtimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berildi.
Mustaqillik darsi qatnashchilariga mamlakatimiz mustaqilligi shubhasiz eng ulug‘ ne’mat ekanligi, ozod va obod yurtdagina osoyishtalik hukm surishi hamda taraqqiyot bo‘lishi aytib o‘tildi. Shu bois, Respublikamizning mustaqillik bayrami keng jamoatchilik, barcha davlat tashkilotlari va idoralari tomonidan munosib tarzda nishonlab kelinishi haqida gapirildi. Mustaqillik darsi qatnashchilarini mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy tabriklandi.
“Gumanitar fanlar va chet tillari kafedrasi dotsenti F.Tolipovning mustaqillik bayramiga atalgan maruzasi tinglandi. Bugun O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yo‘lda u jahonning ko‘plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do‘stona hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilmoqda.
Butun hayoti va faoliyatini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlaydigan o‘qituvchi va murab...
Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masala...
UCHTEPA TUMANI IIO FMB 4-SONLI IIB HPB PROFILAKTIKA KATTA INSPEKTORI KAPITAN EGAMBERDIYEV MUHAMMA...