2022-yil 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda dinamik tizimlar, sun’iy intellekt bo‘yicha yetuk mutaxassis, xorijiy olim, Avstriyaning Klagenfurt universitetining Aqlli tizimlar texnologiyasi instituti professori Jan Shamberlan Shedjou ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Avstriyaning Klagenfurt universiteti bir qancha yo‘nalishlar bilan birga dinamik tizimlar yo‘nalishida ko‘plab yutuqlarga erishgan universitet hisoblanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan so‘nggi yillarda soliq tizimida raqamlashtirish masalasiga chuqur e’tibor qaratilib, ushbu sohada sezilarli natijalar qo‘lga kiritilmoqda. Mana shu mahsuldorlikni yanada oshirish uchun esa ma’lumotlar bilan tezkor va samarali ishlaydigan mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
O‘tkazilgan suhbat natijalari bo‘yicha olingan xulosalardan Institutda Ma’lumotlar ilmi ya’ni Data Science bakalavriat ta’lim yo‘nalishi fan dasturlarini yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Davra suhbatida ma’lumotlar bilan ishlash, sun’iy intellekt, uning ahamiyati dinamik tizimlar bo‘yicha xorijlik mutaxassis tomonidan yetarlicha ma’lumotlar berildi, tajribalar bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir qizg‘in savol-javoblar hamda muhokamalarga boyligi bilan qiziqarli o‘tdi. Ishtirokchilar professordan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Kelgusida institut professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha loyihalar tuzish rejalashtirildi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...