SOLIQ QOʻMITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT

“Mutaxassislik” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish to‘g‘risida” 2020 yil 4-noyabrdagi PQ-4879-son qaroriga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 21 dekabrdagi 330-sonli buyrug‘iga asosan tashkil topgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan davlat soliq xizmati organlaridagi mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, hududiy davlat soliq organlari va DSQ tizimidagi boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari asosida malaka oshirish kurslari amalga oshiriladi. Bunda:

kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishi taʼminlanadi;

kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishi taʼminlanadi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi;

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat taʼlim talablari bilan belgilanadi.

 

 

 

 

 

 

FOYDALI RESURSLAR

prev
next