Joriy yilning 15- aprel kuni Toshkent soliq texnikumi 2-bosqich bitiruvchilari uchun Fiskal institutning “Texnikumlar bilan ishlash” bo‘limi tomonidan inistitut bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
“Texnikumlar bilan ishlash” bo‘limi xodimlari texnikum bitiruvchilarini institutning professor-o‘qituvchilari bilan, o‘quv binosi, talabalar turar joyi va axborot resurs markazining imkoniyatlari bilan tanishtirdilar.
Axborot resurs markazining majlislar zajlida “O‘quv jarayonini tashkil etish va ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi boshlig‘i N.B.Roziqov ishtirokida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida N.B.Roziqov bitiruvchilarga 2022/2023-o‘quv yili uchun qabul to‘g‘risida hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori to‘g‘risida ma’lumotlarni berib o‘tdi. Suhbat so‘ngida bitiruvchilar mutaxassislardan barcha savollariga kerakli bo‘lgan javoblarni olishdi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...