Navro'z - ezgulik bayrami. Navro'z - yangilanish ayyomi. Milliy urf-odatlarimiz, azaliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan qutlug' sana - Navro'z ayyomi munosabati bilan Fiskal institut hodimlarining maroqli dam olishlarini ta'minlash maqsadida Samarqand shahriga sayohat tashkillashtirildi. Sayohat davomida Registon maydoni, Go‘ri-Amir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Shohi Zinda maqbaralar majmui, Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Dovud ziyoratgohi, Hazrati Doniyor ziyoratgohi hamda Afrosiyob shaharchasini ziyorat qilishdi.
Registon maydoni shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri bo‘lib, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dong'i ketgan.
Go‘ri Amir tarixiy yodgorligi XV asr boshlarida qurilgan bo‘lib, o‘zbek me’morchilik san’atining buyuk ijodiy namunasi hisoblanadi. Muqaddam madrasa shahardagi mashhur ziyoli arboblarning farzandlariga ta’lim-tarbiya beruvchi ilm maskani sifatida qurilgan.
Amir Temur hajmi va chiroyi jihatidan sayyoramizdagi boshqa obidalardan ustun turgan go‘zal maqbara - Bibixonim jome masjidini qurib, ayoliga sovg‘a qilgan.
Shohi Zinda maqbarasi Samarqand shahridagi rang-barang qabr toshlarni o‘zida mujassam etgan qadimiy osori-atiqalardan biri.
Shu bilan birgalikda sayohat davomida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mangu qo‘nim topgan "Hazrati Hizr" masjidi majmuasida bo'lib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildilar.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...