Yasharish va yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi bo‘lmish – Navro‘z ayyomi butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘z tarovatini sochmoqda!
Muhtaram Prezidentimizning Navroʻz bayramini keng nishonlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fiskal institutida 14-17 mart kunlari "Fiskal kubogi" sport haftaligi doirasida shaxmat, stol tennisi hamda voleybol boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Ushbu musobaqalarda gʻolib boʻlgan talabalar shuningdek, barcha fanlarni aʼlo darajada oʻzlashtirib borayotgan, tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan talabalar institut rahbariyati tomonidan diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Hurmatli talabalar! Sizlarni ham keyingi tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etishga hamda oʻz tashabbusingiz bilan institut rivojiga hissa qoʻshishga chorlab qolamiz!
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...