2022-yil 17-mart kuni Fiskal institut talabalari hamda Toshkent soliq texnikumi o`quvchilari uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimi Majlunov Dilmurod bilan "Korrupsiya - jamiyat rivojiga to`siq" shiori ostida davra suhbati o`tkazildi.
Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda unga qarshi immunitet shakllantirishi kerakligi korrupsion holatlarga yechim berishda chet-el tajribasi haqida gapirildi. Korrupsiyaning iqtisodiyotga nojoya tasiri va uning oqibatlari haqida atroflicha gapirildi.
Suhbat davomida Dilmurod Majlunov muhtaram Prezidentimizning kuni kecha Davlat soliq qo`mitasiga bo`lgan tashriflari haqida qisqacha gapirib o`tdi. Prezidentimizning yoshlarga bildirayotgan ishonchi samarasida Fiskal institutidan Davlat soliq qo`mitasining umidi kata ekanligini ta'kidlab o`tdi. Shu bilan birgalikda talabalar o`rtasida korrupsiyaga qarshi imunitetni kuchaytirish maqsadida "Xiyonat 2" filmi ham namoyish etildi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...