Fiskal institut huzuridagi Farg‘ona soliq texnikumining joriy yil 3-martdagi 07-00057 son xati ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan reja-grafik asosida 2022-yil 10-11 mart kunlari Farg‘ona soliq texnikumi pedagog-o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun sayohat tashkil etildi.
10-mart kuni mahoratli o‘qituvchi iqtisodiyot fanlari doktori professor K.Hatamovning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.
O‘quvchilar institutning ma’muriy binosi, o‘quv binosi, axborot-resurs markazi hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga mo‘ljallangan zallar bilan tanishdilar.
Institutning “O‘quv jarayonini tashkil etish va ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” boshlig‘i N.Roziqov, hamda “Texnikumlar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i G.Saidboboeva bilan bo‘lgan savol-javobda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tegishli masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar.
Toshkent soliq texnikumida "Ijtimoiy-gumanitar va Tillar" kafedrasi bosh o‘qituvchisi T.Ahmedovaning "English in my life" mavzusidagi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2-bosqich o‘quvchilari o‘zlarining mahoratli chiqishlari bilan 2 yil mobaynida egallagan bilimlarini namoyish qildilar. Tadbirga Farg‘ona soliq texnikumi pedagog-o‘qituvchilari va o‘quvchilari ham tashrif buyurdi.
11-mart kuni texnikum pedagog-o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun “Texnikumlar bilan ishlash bo‘lim” bosh uslubchisi U.Ergasheva hamrohligida Toshkent shahri bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...