Yoshlar - bu mamlakat kelajagi. Barcha asrlarda mamlakat kelajagi yoshlar uchun edi. Inqilob, taraqqiyot va rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari bu yoshlar. Shunday yoshlarga ta’lim berib, tinimsiz olg‘a qadam tashlayotgan dargohlardan biri Davlat soliq Qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutdir. O‘z faoliyatini yaqindagina boshlagan institut talabalarga ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda va ularni birga qadam tashlashi uchun zamin bo‘lmoqda. Institut faoliyati davomida qilinayotgan ishlar bunga dalildir.
Joriy yilning 2 - mart kuni Davlat soliq Qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut qoshida tashkil etilgan “Soliqdan soliq maslahatchisigacha bo‘lgan yo‘l” mavzusida ko‘p yillar soliq sohasida faoliyat olib borgan soliq maslahatchisi Murod Muhammedjanov bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot. Bu tadbir jarayoni juda qizg‘in va munozaralarga boy bo‘ldi. Tadbir boshida institut rahbariyati tadbirni ochib berdi va soliq maslahatchisiga so‘z navbati berildi. Murod Muhammedjanov o‘z faoliyati bilan talabalarni tanishtirdi.
Tadbirning eng qiziqarli tomoni shunda bo‘ldiki, soliq maslahatchisi talabalarni dunyo qarashi, fikrlashini aniqlash uchun ular bilan soliq sohasidagi yangiliklardan, soliq sohasidagi bo‘layotgan so‘ngi islohotlarni tashkil etdi. Bundan maqsad kelajak avlodning qanday tarbiyalanayotganini bilish edi. Savollar asosini “E-ijara” va “E-aktiv” dasturlari, Soliq Kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar, soliq yangiliklari haqida talabalar tomonidan ma’lumotlar berildi. Murod Muhammedjanov javoblardan mamnun bo‘ldi va bu islohotlarga o‘z qarashlarini ham gapirib o‘tdi. Institutning qiziquvchan va tirishqoq o‘quvchilari tomonidan ham ko‘plab savollar berildi, hamma talabalar savollariga aniq javoblar oldi. Tadbir shu zayinda davom etdi va barcha qatnashuvchilarga tadbir so‘ngida soliq maslahatchisi Murod Muhammedjanov tomonidan kelajakka qadam qo‘yishda poydevor bo‘lib xizmat qiladigan maslahatlar berildi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...