Joriy yilning 7-mart kuni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda institut rahbariyati, ayol professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirning ochilish qismida institutning strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori K.Yusupov, yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kasb mahoratini oshirish bo‘yicha prorektori F.Tillayev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Akbaraliyev institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Tadbirda mamlakatimizda ham ayollarning jamiyatimizdagi o‘rni, mavqei oshib borayotganligiga alohida urg‘u berildi.
Shundan so‘ng institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchi va xodima ayollar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...