Xalqaro hamkorlik bu -oliy ta'lim sohasida tajriba almashishga, ta'lim sohasidagi qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi axborot hamda muayyan sohalarda chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, ta'lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va rejalashtirish bo‘yicha boshqa axborot bilan almashish, shu bilan bir qatorda ta'lim tizimlarini takomillashtirish va ularni xalqaro ta'lim tendensiyalariga yaqinlashtirishdir.
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut o‘z professor-o‘qituvchilarining xorijda amaliy tajribalarga ega bo‘lib, malakalarini oshirishlari uchun xorijiy mamlakat OTMlari bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, Britaniyaning Uorik Universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Institutning "Gumanitar fanlar va chet tillari" kafedrasi mudiri Kamola Kayumova boshchiligida bir qator professor-o‘qituvchilar Buyuk Britaniyaning yuqori 10 talikka kiruvchi eng nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri - Uorik Universitetida o‘z malakalarini oshirmoqdalar.
Ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan (PDELT courses) kursning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- O‘qituvchilarning til o‘rgatish metodologiyasi bo‘yicha bilimlarini shuningdek, ularni darslarda samarali qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- O‘qituvchilarning ingliz tilidan dars davomida va darsdan tashqarida to‘liq immersiv ta'lim muhitida foydalanish malakasi va ko‘nikmasini oshirish;
- O‘qituvchilarning o‘quv materiallarini tanlash va ishlab chiqish qobiliyatini oshirish;
- O‘qituvchilarning pedagogik xilma-xilligini tarbiyalash, yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...