Bir necha yildirki MDH mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilib, an'anaga aylanib borayotgan ushbu tanlovning navbatdagi bosqichi ham samarali o‘tkazildi. Toshkent sharhridagi Fiskal institutda "Xalqaro soliqqa tortish" yo‘nalishida o‘tkazilgan "TaxinTashkent 2023" musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Kuni kecha "Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasida o‘tkazilgan tanlovning yarim final va final bosqichi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan tanlovda MDH davlatlarining 17 ta nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan yig‘ilgan talaba-yoshlar o‘zlarining soliq sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra:
1-o‘rinni Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi;
2-o‘rinni Todjikiston davlat moliya-iqtisodiyot universiteti va Sibir Federal universiteti talabalaridan tashkil topgan jamoa;
3-o‘rinni Fiskal institut hamda Patrisa Lumumbi nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti jamoalari qo‘lga kiritdilar.
Shuningdek, ingliz tilida bo‘lib o‘tgan xalqaro soliqqa tortish tanlovida Fiskal institut talabalari 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar, g‘oliblik esa Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetiga nasib etdi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...