Fiskal institutda professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar yoshlar uchun kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir badiiy va ommabop adabiyotlarga boy bo'ldi.
Ta’lim muassasamiz rahbariyati tashabbusi bilan kitob yarmarkalari muntazam o‘tkazib kelinadi. Yarmarka dars mashg‘ulotlaridan keyin tashkil etilgani talabalar uchun yanada qulaylik yaratdi.
Yarmarka ishida G'afur G'ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodi uyi tomonidan chop etilgan o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari namoyish etildi. Shuningdek, soliq sohasiga oid qo‘llanmalar ham xaridorgir kitoblar qatoridan o‘rin oldi. Eslatib o'tamiz ko‘rgazmadagi mavjud kitoblar savdo rastalaridan xarid qilish mumkin bo‘lgan kitoblardan bir muncha hamyonbop.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...