I. «Soliqlar va solqqa tortish» ta’lim yonalishi
1. Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohatlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish
1. Hozirgi vaqtda soliq to‘lovchilarni (jismoniy shaxslarni) soliq organlarida ro‘yxatga o‘tishda STIR olish zarurati bormi?
2. Vazirlar Mahkamasining “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-son qarori qachon qabul qilingan?
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmonining asosiy maqsadi nima?
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi 359-son qaroriga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadi nima?
5. Davlat soliq qo‘mitasining yagona integrasiyalashtirilgan axborot resurs bazasi orqali ishlovchi dasturiy mahsullar qanday toifalarga bo‘lingan?
6. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qanday hujjat bilan va qachon qabul qilingan?
7. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining mohiyatini tushuntirib bering.
8. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
9. Soliq islohoti konsepsiyasidagi soliq yukini kamaytirish deganda nimani tushunasiza?
10. Soliq islohoti konsepsiyasidagi soliqlar va soliq qonunchiligini soddalashtirish deganda nimani tushunasiz?
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5755-sonli Farmoni (27.06.2019-y) mazmuniga qisqacha izoh bering.
12. Sug‘oriladigan yer maydoni qancha gektardan ko‘p qishloq xo‘jaligi korxonalari QQS to‘lashga o‘tkaziladi?
13. «2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun bilan soliq tizimiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?
14. Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qanday hujjatlar qabul qilindi?
15. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 2019-yil 1-yanvardan boshlab qanday o‘zgarish kiritildi?
16. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga asosan pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bo‘yicha 2019-yil 1-yanvardan boshlab qanday o‘zgarish kiritildi?
17. Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksida soliq solishning qanday prinsiplari belgilab qo‘yildi?
18. “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan va uning mohiyati nimadan iborat?
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-sonli qarori bilan soliq sohasida qanday islohotlar amalga oshirildi?
20. Onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR-kod yoki fiskal belgi asosida sovrinli o‘yinlarni o‘tkazishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
21. Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar bilan soliq munosabatlari qaysi davlat soliq organi tomonidan olib boriladi?
22. 2022-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarining milliy musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlarini qanday soliqqa tortiladi?
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan soliq siyosatidagi o‘zgarishlar haqida tushuntirib bering?
24. Soliq sohasiga oid normativ hujjatlar tarkibini tushuntirib bering.
25. Konsert-tomosha faolitini amalga oshiruvchi qaysi toifa san’atkorlar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi?
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish)
1. Ushbu kasbni tanlashdan asosiy maqsadingiz nimalardan iborat?
2. Nima uchun OTMda o‘qishni davom ettirmoqchisiz?
3. Bu kasbni tanlashingizga kim sababchi bo‘lgan?
4. Tanlagan kasbim menga to‘laligicha to‘g‘ri keladi deb hisoblaysizmi?
5. O‘zingizni soliqchi sifatida tasavvur qila olasizmi?
6. Bo‘lajak soliqchi qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak deb hisoblaysiz?
7. Soliqchi kasbining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
8. Tanlagan kasbingiz jamiyatda qanday nufuzga ega?
9. Tanlagan kasbingizda kelajakda o‘zingizni qanday tasavvur qila olasiz?
10. Kasbni faqatgina moddiy manfaatni ko‘zlab tanlagan inson, yuksak marralarni zabt eta oladimi?
11. Soliqchi kasbini tanlamaganingizda qaysi kasb egasi bo‘lar edingiz?
12. Nima uchun OTMlar ichidan aynan Fiskal institutini tanladingiz?
13. Kelajakda soliq tizimini qanday ko‘rinishda tasavvur qilasiz?
14. Soliqchi kasbi qaysi kasblar bilan o‘zaro aloqador?
15. O‘zbekiston Respublikasi Soliq tizimi rivojiga qanday hissa qo‘shmoqchisiz?
16. O‘zbekistonda soliqchi kasbining ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda ko‘rinadi?
17. Soliq sohasini O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishidagi o‘rni?
18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlaridan foydalanganmisiz?
19. Soliq sohasidagi asosiy me’yoriy hujjatlarni bilasizmi?
20. Soliq sohasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi ishonchli ma’lumotlarni qaerdan olasiz?
21. Soliq tizimini rivojlantirishda psixologiyaning o‘rni qanday?
22. Kasbning faqatgina tashqi xususiyatlari (odamlarning diqqat markazida bo‘lish, sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lish, mahsus kiyimda yurish)ga qiziqish orqali tanlashga qanday qaraysiz?
23. Tanlangan kasbingiz bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun bakalavrdan keyingi ta’limni ham davom ettirish kerak deb hisoblaysizmi?
24. Soliq texnikumini tugatdingiz, sizda kasbingiz bo‘yicha faoliyat yuritish imkoniyati mavjud. Nima uchun OTMda ta’lim olmoqchisiz?
25. Soliq tizimini rivojlanishi uchun boshqa davlatlar bilan qanday hamkorlik qilish kerak deb o‘ylaysiz?
26. Soliq ma’murchiligini takomillashtirish, insofli soliq to‘lovchilarni ko‘paytirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda.
Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari)
1. Hayotingizda biror narsaga erishish uchun barcha qiyinchiliklarga tayyormisiz?
2. Kasbingiz tufayli insonlar muammoli vaziyatga tushishganida sizdan maslahat so‘rab turishadimi?
3. Imkoniyatlarimdan kelib chiqib, yaxshi boshqaruvchi bo‘la olaman deb o‘ylaysizmi?
4. Hisob-kitob ishlarini yaxshi olib borasizmi?
5. Kasbingiz yuzasidan har qanday vaziyatda qiyinchiliksiz shaxslararo munosabatlarga kirisha olasizmi?
6. O‘zingizni kuchli tomonlaringizni yaxshi bilasizmi?
7. Sizni ko‘proq shaxsiy tashvishlar qiziqtiradimi yoki o‘qish(ish)dagimi?
8. Bahslashganda o‘z fikringizni qat’iyat bilan himoya qila olasizmi?
9. Biror jamoa, guruh yoki tashkilot tarkibida bo‘lishni xohlaysizmi?
10. Ilm olish bilan birgalikda, qo‘shimcha horijiy til yoki turli hunarlarni parallel ravishda olib bora olasizmi ?
11. Kelishmovchilik va janjallarni qanday odilona hal qilasiz?
12. O‘qish(ish)da o‘z shaxsiy muammolaringiz haqida o‘ylab yurasizmi?
13. Bilimlarni tajriba va sinov orqali o‘zlashtirasizmi?
14. Biror ishni bajarayotganda uni ko‘pchilik bilan emas, bir o‘zingiz to‘liq bajara olasizmi?
15. Hayotingiz davomida qat’iyatsizligingiz tufayli ko‘p imkoniyatlarni boy berganmisiz?
16. Sizni jur’atli, yangiliklarga qiziquvchi, tashkilotchi inson deb aytish mumkinmi?
17. Biror bir jiddiy qaror qabul qilishdan oldin, jamoa bilan maslahatlashasizmi?
18. To‘siqlarga qaramasdan boshlagan ishingizni oxiriga yetkaza olasizmi?
19. O‘qish(ish)dan tashqari mashg‘ul bo‘lishingiz uchun har doim vaqt ajratadigan qiziqishingiz bormi?
20. Muhim vaqti aniq aytilgan tadbirga kechikdingiz, qanday yo‘l tutasiz?
21. Bugungi ishni dam olish uchun ertaga qoldira olasizmi?
22. Sizning ish faoliyatingizdagi yutuqlaringiz ma’lum ma’noda kasbdoshlaringizga bog‘liq ekanligini tan olasizmi?
23. Ko‘pchilik bilan bajariladigan ishdan har doim qoniqasizmi?
24. Suhbatlashayotganda hammaning diqqat markazida turishni yoqtirasizmi?
25. O‘z maqsadlaringizga erishish uchun yetarli kuch sarflayapman, deb o‘ylaysizmi?
26. Oldingizga qo‘ygan eng asosiy maqsad va unga erishish yo‘lida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan kichik maqsadlaringizni bayon qiling.
Tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida arizalar necha kun ichida ko‘rib chiqiladi?
2. Yakka tartibdagi tadbirkor qancha xodimni yollashi mumkin va ularni soliq organlarida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?
3. Soliq to‘lovchilarga ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish qanday amalga oshiriladi?
4. Hozirgi vaqtda soliq to‘lovchilarni (jismoniy shaxslarni) soliq organlarida ro‘yxatga qo‘shishda STIR olish zarurati bormi?
5. Davlat soliq xizmati organlarining moliya-xo‘jalik faoliyati hamda xodimlarning o‘z funksional vazifalarini bajarishi ustidan nazorat kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
6. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati qanday?
7. Elektron soliq xizmatlari portali to‘g‘risida ma’lumot bering.
8. Fuqaro bozor yoki chakana savdolarda xaqiqiy bo‘lmagan yoki markirovkalanmagan mahsulotlar mavjudligi to‘g‘risidagi xabarni mobil ilova orqali qaysi davlat organiga yuborishi lozim?
9. Aksiz markalar qaysi mahsulotlarga qo‘llaniladi?
10. Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash ketma-ketligi qanday amalga oshiriladi?
11. Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati necha yil?
12. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishning umumiy muddati necha kun?
13. Ortiqcha undirilgan soliq summasi qaysi muddatda soliq to‘lovchiga qaytariladi?
14. Kimlar soliq munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi?
15. Soliqqa oid huquqbuzarlik deb nima e’tirof etiladi?
16. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ini to‘lash muddati qachon?
17. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilar kimlar hisoblanadi?
18. Savdo ob’ektlari deganda qanday ob’ektlar tushiniladi?
19. Mahalliy hokimiyat organlari qaysi soliqlarning to‘lov muddatlarini o‘zgartirish huquqiga ega?
20. Kameral soliq tekshiruvida so‘ralgan hujjatlarni soliq to‘lovchi qanday muddatlarda taqdim etadi?
21. Jismoniy shaxsning soliq qarzini sud tartibida mol-mulkiga qaratishda qarzdorlikning eng kam miqdori qancha qilib belgilangan?
22. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilarini sanab bering.
23. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti nima?
24. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga nimalar kiradi?
25. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs daromadlariga necha foizlik stavka bo‘yicha soliq solinadi?
26. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning dividend tarzidagi daromadlariga necha foizlik stavka bo‘yicha soliq solinadi?
27. Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksi 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga qachon taqdim etadi?
28. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovchilarini sanab bering.
29. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i ob’ekti nima?
30. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining bazasi qanday aniqlanadi?
31. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchilari kimlar?
32. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazasi qanday aniqlanadi?
33. Soliqning elementlarini sanab bering.
34. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslarga nisbatan daromad solig‘i stavkasi necha foiz qo‘llaniladi?
35. Soliq hisoboti shakllarini qaysi davlat organi tasdiqlaydi?
36. Soliq hisobotlarida keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun kim javobgar?
37. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasi necha foiz?
II. «Buxgalteriya hisobi va audit» ta’lim yonalishi
1. Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohatlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish
1. O‘zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya xisobi to‘g‘risida" gi Qonuni qachon qabul qilingan?
2. Yangi tahrirdagi "Buxgalteriya xisobi to‘g‘risida"gi Qonunini eski tahrirdagi bilan asosiy farqli tomonlari nimada?
3. Yanggi tahrirdagi "Buxgalteriya xisobi to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplarining mazmuni?
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son Qarori mazmun mohiyatini tushuntiring?
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son Qarorida soliq hisobotlariga oid qanday talab qo‘yilgan?
6. Xizmat safari xarajatlari normalari bo‘yicha so‘nggi o‘zgarishlarni izohlang?
7. Yangi tahrirdagi "Buxgalteriya xisobi to‘g‘risida"gi Qonunda bosh buxgalterning majburiyatlari haqida qanday normalar mavjud?
8. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra bosh buxgalter va korxona rahbari o‘rtasida xo‘jalik operatsiyasini hujjat bilan rasmiylashtirish bo‘yicha kelishmovchilik yuzaga kelganda qanday hollarda bosh buxgalter bunday hujjatlarni ijro etishga qabul qilishi mumkin?
9. Bosh buxgalter oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi talab qaysi Qonuniy hujjatda o‘z aksini topgan va mazkur talab qaysi korxonalarga nisbatan amal qiladi?
10. Ustav fondida davlat ulushi bor bo‘lgan korxonaning bosh buxgalteri lavozimiga da’vo qilayotgan shaxs oliy texnik ma’lumotga ega. Qaysi shartlar bajarilga taqdirda u mazkur lavozimni egallashi mumkin?
11. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari kimga bo‘ysunadi?
12. Respublikamizda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi darajasiga nimalar kiradi?
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi PQ-3946-son Qaroriga ko‘ra auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish talabi qanday?
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi PQ-3946-son Qaroriga ko‘ra auditorlik tashkilotining ustav kapitalini shakllantirish tartibi va tarkibi qanday?
15. Oxirgi o‘zgarishlarga ko‘ra auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni bo‘yicha qanday talablar kiritilgan?
16. 2019 yildan qabul qilingan tartibga ko‘ra aynan bitta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvi o‘tkazish ketma-ketligi necha yildan oshmasligi kerak?
17. Auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazorati qancha muddatda va qaysi tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi?
18. 2020 yil 1 yanvardan hisobot yili yakuni bo‘yicha qanday shartlarga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim?
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi PQ-3946-son Qarorida auditor malaka sertifikatini berish muddati bo‘yicha qanday o‘zgarishlar keltirilgan?
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi PQ-3946-son Qarorida «buxgalteriya hisobi» va «audit» mutaxassisliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lganlar uchun qanday yengilliklar keltirilgan?
21. Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar uchun OTM magistraturasiga «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga kirishda qanday imtiyozlar berilgan.
22. Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini buxgalteriyaga oid xalqaro sertifikatga o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha qanday tartib mavjud?
23. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining buxgalteriyaga oid xalqaro sertifikatga o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha qanday tartib mavjud?
24. Respublikamizda qanday korxonalar uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga majburiy o‘tish sharti amal qiladi?
25. Buxgalteriya hisobi milliy va xalqaro sertifikatsiyalash tizimi haqida nimalarni bilasiz?
2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish)
1. Ushbu kasbni tanlashdan asosiy maqsadingiz nimalardan iborat?
2. Nima uchun OTMda o‘qishni davom ettirmoqchisiz?
3. Bu kasbni tanlashingizga kim sababchi bo‘lgan?
4. Tanlagan kasbim menga to‘laligicha to‘g‘ri keladi deb hisoblaysizmi?
5. O‘zingizni buxgalter va auditor sifatida tasavvur qila olasizmi?
6. Bo‘lajak buxgalter qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak deb hisoblaysiz?
7. Buxgalter kasbining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
8. Tanlagan kasbingiz jamiyatda qanday nufuzga ega?
9. Tanlagan kasbingizda kelajakda o‘zingizni qanday tasavvur qila olasiz?
10. Kasbni faqatgina moddiy manfaatni ko‘zlab tanlagan inson, yuksak marralarni zabt eta oladimi?
11. Buxgalter kasbini tanlamaganingizda qaysi kasb egasi bo‘lar edingiz?
12. Nima uchun OTMlar ichidan aynan Fiskal institutini tanladingiz?
13. Kelajakda mamlakat iqtisodiyotini qanday ko‘rinishda tasavvur qilasiz?
14. Buxgalter kasbi qaysi kasblar bilan o‘zaro aloqador?
15. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojiga qanday hissa qo‘shmoqchisiz?
16. O‘zbekistonda siz tanlagan kasbning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda ko‘rinadi?
17. Buxgalter va iqtisodchilarni O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishidagi o‘rni?
18. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobini yuritishdagi mavjud qaysi dasturlarni bilasiz?
19. Buxgalteriya hisobining asosiy me’yoriy hujjatlarni bilasizmi?
20. Buxgalteri hisobi va audit sohasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi ishonchli ma’lumotlarni qaerdan olasiz?
21. Buxgalteriya hisobi va iqtisodiyotni rivojlantirishda psixologiyaning o‘rni qanday?
22. Tanlangan kasbingiz bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun bakalavrdan keyingi ta’limni ham davom ettirish kerak deb hisoblaysizmi?
23. Soha bo‘yicha texnikumini tugatdingiz, sizda kasbingizda faoliyat yuritish imkoniyati mavjud. Nima uchun OTMda ta’lim olmoqchisiz?
24. Buxgalteriya hisobi va iqtisobiyotni rivojlanishi uchun boshqa davlatlar bilan qanday hamkorlik qilish kerak deb o‘ylaysiz?
25. Buxgalteriya hisobi va audit sohasini takomillashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda.
3. Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari)
1. Hayotingizda biror narsaga erishish uchun barcha qiyinchiliklarga tayyormisiz?
2. Kasbingiz tufayli insonlar muammoli vaziyatga tushishganida sizdan maslahat so‘rab turishadimi?
3. Imkoniyatlarimdan kelib chiqib, yaxshi boshqaruvchi bo‘la olaman deb o‘ylaysizmi?
4. Hisob-kitob ishlarini yaxshi olib borasizmi?
5. Kasbingiz yuzasidan har qanday vaziyatda qiyinchiliksiz shaxslararo munosabatlarga kirisha olasizmi?
6. O‘zingizni kuchli tomonlaringizni yaxshi bilasizmi?
7. Sizni ko‘proq shaxsiy tashvishlar qiziqtiradimi yoki o‘qish(ish)dagimi?
8. Bahslashganda o‘z fikringizni qat’iyat bilan himoya qila olasizmi?
9. Biror jamoa, guruh yoki tashkilot tarkibida bo‘lishni xohlaysizmi?
10. Ilm olish bilan birgalikda, qo‘shimcha horijiy til yoki turli hunarlarni parallel ravishda olib bora olasizmi ?
11. Kelishmovchilik va janjallarni qanday odilona hal qilasiz?
12. O‘qish(ish)da o‘z shaxsiy muammolaringiz haqida o‘ylab yurasizmi?
13. Bilimlarni tajriba va sinov orqali o‘zlashtirasizmi?
14. Biror ishni bajarayotganda uni ko‘pchilik bilan emas, bir o‘zingiz to‘liq bajara olasizmi?
15. Hayotingiz davomida qat’iyatsizligingiz tufayli ko‘p imkoniyatlarni boy berganmisiz?
16. Sizni jur’atli, yangiliklarga qiziquvchi, tashkilotchi inson deb aytish mumkinmi?
17. Biror bir jiddiy qaror qabul qilishdan oldin, jamoa bilan maslahatlashasizmi?
18. To‘siqlarga qaramasdan boshlagan ishingizni oxiriga yetkaza olasizmi?
19. O‘qish(ish)dan tashqari mashg‘ul bo‘lishingiz uchun har doim vaqt ajratadigan qiziqishingiz bormi?
20. Muhim vaqti aniq aytilgan tadbirga kechikdingiz, qanday yo‘l tutasiz?
21. Bugungi ishni dam olish uchun ertaga qoldira olasizmi?
22. Sizning ish faoliyatingizdagi yutuqlaringiz ma’lum ma’noda kasbdoshlaringizga bog‘liq ekanligini tan olasizmi?
23. Ko‘pchilik bilan bajariladigan ishdan har doim qoniqasizmi?
24. Suhbatlashayotganda hammaning diqqat markazida turishni yoqtirasizmi?
25. O‘z maqsadlaringizga erishish uchun yetarli kuch sarflayapman, deb o‘ylaysizmi?
26. Oldingizga qo‘ygan eng asosiy maqsad va unga erishish yo‘lida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan kichik maqsadlaringizni bayon qiling.
Tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi
1. Buxgalteriya hisobi fanining rivojlanish davrlari haqida nimalarni bilasiz?
2. Statistik hisob hisob nimani hisobga oladi?
3. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan o‘zgarmasdan qoladigan xarajatlar qanday xarajatlar va unga misol keltiring?
4. Buxgalteriya hisobida uzluksizlik prinsipi deganda nimani tushunasiz?
5. Xo‘jalik hisobida qo‘llaniladigan qanday o‘lchov birliklari mavjud?
6. Buxgalteriya hisobi predmeti nima, ya’ni unda nimalar o‘rgatiladi?
7. Buxgalteriya hisobida hujjatlashtirishning zarurligi nimada?
8. Inventarizatsiya nima?
9. Kalkulyatsiya nima, tannarx kalkulyatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
10. Buxgalteriya hisobida schotlar tizimining ahamiyati, schotlar rejasi haqida tushuncha bering?
11. Ikkiyoqlama yozuv va uning hisob yuritishdagi ahamiyatini tushuntiring?
12. Buxgalteriya balansi nima va unda qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?
13. Hisobot deganda nimani tushunasiz, moliyaviy hisobot tarkibini tushuntiring?
14. Buxgalteriya hisobining ob’ektiga nimalar kiradi?
15. Buxgalteriya hisobining sub’ektiga nimalar kiradi?
16. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lariga nimalar kiradi, ularning tarkibini sanab bering?
17. Mablag‘larning kelib chiqish manbalarini tushuntiring?
18. Bosh buxgalter va korxona rahbari o‘rtasida xo‘jalik operatsiyasini hujjat bilan rasmiylashtirish bo‘yicha kelishmovchilik yuzaga keldi va shu sababli bosh buxgalter mazkur operatsiya bo‘yicha mul mablag‘lari o‘tkazishdan bosh tortdi. Qanday hollarda bosh buxgalter bunday hujjatlarni ijro etishga qabul qilishi mumkin?
19. Bosh buxgalter oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi talab korxonalarning qaysi biriga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan?
20. Buxgalteriya hisobini yuritishdan asosiy maqsadi nima?
21. Hujjatlarning rekvizitlari deb nimaga aytiladi?
22. Agarda xizmat safariga berilgan bo‘nak summasi ortib qolsa nima bo‘ladi?
23. Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmunini qaysi davlat organi belgilaydi?
24. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, yillik moliyaviy hisoboti nechta shakllardan iborat bo‘lishi shart.
25. Hujjatlar aylanishi jadvaliga rioya qilinishiga kim javobgar bo‘ladi?
26. Qaysi hujjat bosh buxgalterning majburiyatlari belgilangan asosiy hujjat hisoblanadi?
27. Korxona kassasi uchun kim mas’ul?
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...