Dunyoning eng yaxshi universitetlari qatorida 64-oʻrinda turuvchi Warwick universiteti hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut oʻrtasida xalqaro hamkorlik memorandumi tuzilgan boʻlib, joriy yilning iyul-avgust oylarida institut pedagog-oʻqituvchilari Buyuk Britaniyaning Warwick universitetida ilmiy stajirovka oʻtashi nazarda tutilgan.
Hozirgi kunda yoshlarga bilim va axborotlarni yetkazishning zamonaviy va samarali usullarini qoʻllash talab etilmoqda.
Fiskal institut pedagoglariga stajirovka tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad oliy taʼlim sifatini oshirish, xorij pedagoglari bilan tajriba almashish va oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilishdan iborat.
Stajyorlar hozirda Warwick universiteti pedagoglari bilan tajriba almashib, dars jarayonida ishtirok etish va talabalar uchun moʻljallangan oʻquv dasturlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...