Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari:
- Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta'lim olishiga ko‘maklashish;
- Axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq adabiyotlar va elektron ma'lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma'lumotlarning elektron bazalari, internet resurslari) asosida tinglovchilar va professor-o‘qituvchi xodimlarga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatish;
- Tinglovchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq ARM fondini shakllantirish. Ma'lumotlar qidirish apparatini, ma'lumotlar bazalarining elektron kataloglari va kartotekalarini tashkil etish va yuritish;
- ARM xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, texnik jihozlash, axborot jarayonlarini komputerlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish;
- Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va sohani rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish.
Axborot-resurs markazi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- ARMda ma'lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo‘li bilan markazning axborot resurslarini shakllantiradi;
- ARMlar hamda respublikadagi boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni, shuningdek zaruriyatga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni amalga oshiradi;
- Fondlarni ko‘p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an'anaviy va elektron manbalarda katologlar va kartotekalar tizimini yuritadi;
- Foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan respublika yig‘ma kataloglarini, shu jumladan elektron kataloglarni tuzishda qatnashadi;
- Boshqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta'lim muassasalarining jamoat tashkilotlari, respublika ARMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi;
- ARMlar, arxivlar, ma'lumotlarning axborot bazalariga ega bo‘lgan boshqa oliy ta'lim muassasalari bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dasturlariga, shuningdek tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi.